“Jaholatga qarşi – maʼrifat bilan kuraş!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida maʼrifiy uçraşuv bōlib ōtdi
11/09/2025
🔹Aniq va tabiiy fanlar fakultetida bugungi kunning dolzarb masalalariga baḡişlangan “Jaholatga qarşi – maʼrifat bilan kuraş!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv taşkil etildi.
🔸 Tadbirda fakultet rahbariyati, masʼul xodimlar, professor-ōqituvçilar hamda talabalar faol iştirok etdilar. Uçraşuv davomida jamiyatimizda sodir bōlayotgan ōzgarişlar, inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar, şuningdek, yoşlarning yot ḡoyalar taʼsiriga tuşib qolişining oldini oliş masalalari muhokama qilindi.