Institutimiz rektori O.A.Ruziyev Pedagogika fakultetida bōlib, talabalar bilan uçraşdi

14/04/2026

🏛 Fakultetda “Rektor va talabalar uçraşuvi” taşkil etildi. Uçraşuv samimiy va mazmunli ruhda keçdi. Uçraşuv davomida bugungi kun talabalari, taʼlim sifati, ōzlaştiriş darajasi hamda yoşlarning kelajakdagi maqsad va rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.

📍 Rektor ōz nutqida zamonaviy bilim va kōnikmalarni egallaş har bir talabaning asosiy vazifasi ekanini taʼkidlab, bugungi tez ōzgarayotgan davrda faqat puxta bilimli, taşabbuskor va izlanuvçan yoşlar muvaffaqiyatga erişa olişinini qayd etdi.

🔵 Talabalar esa ōzlarini qiziqtirgan savollar, taklif va taşabbuslari bilan faol iştirok etib, oçiq muloqot muhitini yanada jonlantirdilar.

✔️ Uçraşuv nafaqat fikr almaşiş, balki kelajak sari aniq qadamlar qōyiş uçun muhim maydon bōldi.