Institut va harbiy qism ōrtasida memorandum imzolandi

08/04/2026

🏛 Bugungi kunda taʼlim tizimi va harbiy soha ōrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda ularning nazariy bilimlarini amaliy kōnikmalar bilan uyḡunlaştiriş maqsadida DTPI hamda harbiy qism ōrtasida ōzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔰 Mazkur memorandum doirasida tomonlar ōrtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantiriş, talaba-yoşlar uçun harbiy-amaliy maşḡulotlar, maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar, sport musobaqalari, seminar-treninglar taşkil etiş, şuningdek, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan qōşma loyihalarni amalga oşiriş belgilab olindi.

🔵 Tadbir davomida sōzga çiqqan masʼullar uşbu hamkorlik kelgusida yoşlarning bilim va salohiyatini oşiriş, ularni Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirişda muhim ahamiyat kasb etişini alohida taʼkidladilar.