🗣“Payşanba – yoşlar kuni” munosabati bilan Denov Tadbirkorlik va Pedagogika institutida Uzun tumani bitiruvçi talaba yoşlari bilan uçraşuv taşkil etildi

09/04/2026

⏺️Unda Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov, tuman IIB boşliḡi Ōktam Mustafoqulov, institut rektori Oybek Rōziyev hamda tuman taşkilot va korxonalari vakillari iştirok etdi.

🫥Uçraşuv mehnat yarmarkasi şaklida ōtkazilib, unda 100 nafarga yaqin uzunlik bitiruvçi yoşlar qatnaşdi. Tadbir davomida tuman masʼullari tomonidan mavjud 320 ga yaqin bōş iş ōrinlari yoşlarga taklif etildi. Eng quvonarlisi, ayrim yoşlar şu yerning ōzida iş bilan taʼminlandi.

⏺️Mazkur uçraşuv yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularni munosib iş ōrinlariga yōnaltiriş hamda kelajakdagi faoliyatiga mustahkam zamin yaratişda muhim ahamiyat kasb etdi.