🏛 2026-yil 11- aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori o‘rinbosari Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna tomonidan institut talabalari, magistrantlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va professor-o‘qituvchilari uchun “Ilmiy tadqiqot ishlarida akademik halollik tamoillari” va “XXI asrda ilm-fan taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda tadqiqot olib borish metodologiyasi” mavzularida ilmiy-seminar mashg‘uloti olib borildi.
🔹 Seminar-trening ishtirokchilari ilm-fanda zamonaviy akademik halollik tamoillari borasida ko‘plab ilmiy yondoshilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishdilar.
🖌 Seminar-trening mashg‘uloti yuqori saviyada o‘tdi. Uning yakunida talabalar, magistrlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollari yuzasidan batafsil javoblarni olishdi.