⚡️ Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ–232-sonli “Içki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilişga oid qōşimça çora-tadbirlar tōḡrisida”gi qarorining 16-bandi ijrosini taʼminlaş, şuningdek, içki turizmni rivojlantiriş maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetining keçki taʼlim şaklida ōqiyotgan, qōşni viloyatlardan qabul qilingan talabalari uçun Sariosiyo tumanida joylaşgan “Sangardak” dam oliş maskani, şuningdek, mintaqadagi tarixiy qadamjolar va kōngiloçar joylarga sayohat va ziyorat taşkil etildi.
📌 Mazkur tadbir talabalar orasida turizm madaniyatini şakllantiriş, yurtimizning tarixiy va madaniy merosini çuqurroq ōrganiş, şuningdek, ōquv jarayonidan bōş vaqtlardan samarali foydalanişni taşkil etiş maqsadida ōtkazildi.