Hurmatli va qadrli jamoa, ustozlar, xodimlar va talaba qizlar!

08/03/2026

Avvalo, Sizlarni kirib kelayotgan bahorning eng gōzal va quvonçli ayyomi – 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan çin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Uşbu quvonçli kun butun dunyoda ayollarga bōlgan çeksiz hurmat va ehtirom, ularning jamiyat hayotidagi beqiyos ōrni va xizmatlarini eʼtirof etiş va qadrlaş ramzi sifatida keng nişonlanadi.
Ayol – hayot çiroḡi, mehr-muhabbat manbayi, oila va jamiyatning mustahkam ustunidir. Siz aziz ayollar ōz mehringiz, sabr-toqatingiz, donoligingiz hamda fidokorona mehnatingiz bilan nafaqat oilangizga, balki mehnat jamoamiz hayotiga ham fayz, baraka va iliqlik baḡişlab kelmoqdasiz. Sizlarning har biringiz ōz kasbingizga bōlgan sadoqatingiz, masʼuliyatingiz va taşabbuskorligingiz bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qōşib kelayotganingiz tahsinga sazovor.

Bugungi kunda ayollar jamiyatning barça sohalarida faol iştirok etib, ilm-fan, taʼlim, madaniyat, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda yuksak natijalarga erişib kelmoqdalar. Sizlarning bilim va salohiyatingiz, matonat va qatʼiyatingiz tufayli kōplab ezgu işlar amalga oşmoqda, kelajak avlodni tarbiyalaşda ulkan hissa qōşmoqdasizlar.

Şu uluḡ ayyomda Sizlarga eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz. Doimo soḡ-salomat bōling, qalbingizni quvonç va baxt tark etmasin. Oilangizda tinçlik, xonadoningizda fayz-u baraka, hayotingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar hamişa hamroh bōlsin. Yurtimiz ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yōlida olib borayotgan şarafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham Vatan ravnaqi uçun fidokorona mehnat qilayotgan olima va faol ayollar kōpçilikni taşkil etadi. Bugungi kunda institutimizda 222 nafar xodima, 118 nafar professor-ōqituvçi ayol-qizlar faoliyat kōrsatib, 8045 nafar talabalarimizdan 3840 nafar talaba qizlar taşkil etişi. Ayol professor-ōqituvçilarimizning 3 nafar fan doktori (DSc), 22 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar professor va 12 nafar dotsent, 70 dan ortiq tayanç doktaranturada, mustaqil izlanuvçi sifatida ilmiy iş qilauotganligi, xorijiy hamkor OTMlarida malaka oşirayotganligi quvonçlidir. Şuningdek, Muhtaram Prezidentimizdan davlat mukofatlari, medal va kōkrak nişoni sohibalari hamda sport turlari bōyiça viloyat, respublika, halqaro, johon çempionlari faoliyat yuritayotganligi. El-yurti jamḡarmasi, 100 dan ortiq Prezident, davlat, rektor stipendiatlari, yil talabalari taʼlim olayotganligini alohida eʼtirof qilmoqçiman.
Aziz va muhtaram ayollar! Uşbu uluḡ ayyomda mustahkam soḡlik, çeksiz baxt-saodat, oilaviy totuvlik va işlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Çehrangizdan tabassum, qalbingizdan mehr arimasin, har bir kuningiz bahoriy gullardek gōzal, hayotingiz quvonçlarga boy bōlsin!

Hurmat bilan,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori
O. Ruziyev