Bugun “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bōlib ōtdi. Unda institutimiz rektori O.A.Ruziyev muhtarama opa-singillarimizni tabriklab jumladan şunday dedi: Bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarning ōrni va mavqei tobora yuksalib bormoqda. Davlatimiz tomonidan ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning taʼlim olişi, ilm-fan bilan şuḡullanişi hamda jamiyat hayotida faol iştirok etişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda institutda jami 8045 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 3840 nafarini talaba-qizlarimiz taşkil etadi. Institutda bugungi kunda jami 635 nafarlik jamoa faoliyat yuritayotgan bōlsa, ularning 222 nafarini xotin-qizlar taşkil etadi. Fursatdan foydalanib institutimizda bilim berayotgan va bilim olayotgan barça opa-singillarimizni biyram bilan muborakbod etaman.