DTPIda “Uch avlod uchrashuvi” madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

03/06/2026

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

🔹Unda institut rektori Oybek Ruziyev, “Shuhrat” medali sohibi Ravshan baxshi Mamatmurotov, “Nuroniy” jamg‘armasi Surxondaryo viloyati boshqaruvi raisi Orzuqul Soatov, Denov tumani boshqaruvi raisi Azamat Xolmatov, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Yazzon Xayitqulov hamda O‘zbekiston Qahramoni Yusuf Ziyoyev ishtirok etdilar.

📌 Tadbir davomida nuroniylarning hayotiy tajribasi, yoshlar tarbiyasi, milliy qadriyatlar va avlodlar vorisligi haqida samimiy suhbatlar tashkil etildi. Uchrashuvda mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriy professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol qatnashdilar.