Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi munosib taqdirlandi

03/06/2026

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Talabalar ligasi – 2026” sport musobaqalarining futzal sport turi bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi faol va munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi. Erishilgan ushbu yutuq va sport sohasidagi faolligi uchun institut jamoasi vazirlikning II darajali diplomi bilan taqdirlandi.📌 Ushbu muvaffaqiyat institutda sportga qaratilayotgan e’tibor, talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yosh sportchilarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi hisoblanadi.