💥“Dolzarb 90 kun” tadbirlar rejasi doirasida Filologiya fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar” kafedrasi mudiri D.D.Toḡaymurodov tomonidan 11-iyul kuni “Sunʼiy intellekt yordamida ingliz tilida yoziş kōnikmasini mustaqil rivojlantiriş” mavzusida onlayn vebinar bōlib ōtdi.
🔗 Vebinar davomida institutimiz spikeri tomonidan iştirokçilarga sunʼiy intellekt, xususan, Google Gemini platformasidan nafaqat matn yaratuvçi vosita sifatida, balki şaxsiy writing murabbiyi sifatida foydalanişning noyob strategiyalari kōrsatib berildi.
✏️Tadbirda yozma işlarni mustaqil tahlil qiliş, xatolarni aniqlaş va ularni samarali bartaraf etiş usullari amaliy misollar bilan tuşuntirildi. Iştirokçilar ōzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.