⚡️ Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hayotida muhim voqea yuz berdi. Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan Rus tili taʼlim markazining tantanali oçiliş marosimi bōlib ōtdi. Uşbu markazning oçilişi Ōzbekiston va Rossiya Federatsiyasi ōrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilişi şubhasiz. Oçiliş marosimida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev, professor-ōqituvçilar va talabalar iştirok etdi.
📌 Markazning asosiy maqsadi – talabalarga rus tilini zamonaviy metodikalar asosida ōrgatiş, lingvistik va madaniy aloqalarni mustahkamlaşdir. Bu maskan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan bōlib, unda til ōrganiş jarayonini interaktiv va samarali taşkil etiş imkoniyati mavjud. Rus tilini çuqur ōrganiş istagidagi yoşlar uçun bu – katta imkoniyat, ilm yōlida dadil qadam taşlaş vositasidir.