Denovda “Baḡrikenglik haftaligi” doirasida mazmunli tadbir bōlib ōtdi
13/11/2025
Yurtimiz bōylab ōtkazilayotgan “Baḡrikenglik haftaligi” doirasida Denov tumanida ham mazmunli tadbir taşkil etildi. Tadbir 16-noyabr — Xalqaro baḡrikenglik kuni munosabati bilan ōtkazilib, unda tuman hokimligi vakillari, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) jamoasi hamda talaba yoşlar iştirok etdilar.
Tadbir davomida turli millat, til va din vakillari bir yoqadan boş çiqarib, yurtimizdagi tinçlik, totuvlik va baḡrikenglik muhitining yorqin namunasi sifatida ōzaro hurmat va dōstlik ḡoyalarini tarḡib etdilar.
Şubhasiz, bu kabi tadbirlar jamiyatda ōzaro işonç, baḡrikenglik va birdamlik tamoyillarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.