Bitiruvçilar bandligini taʼminlaşga qaratilgan yangi çora-tadbirlar belgilandi

13/11/2025

Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-son qarori (https://lex.uz/ru/docs/-7808442) bilan “Oliy taʼlim taşkilotlari bitiruvçilarining işga joylaşişiga kōmaklaşiş bōyiça qōşimça çora-tadbirlar tōḡrisida”gi PQ–61-son qaror (https://lex.uz/ru/docs/7386917)ga ōzgartiriş va qōşimçalar kiritildi.

Mazkur hujjat bilan bitiruvçilarning iş bilan taʼminlanişiga qaratilgan yangi çora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, endilikda:

🔹 bitiruvçilar va ularni işga olgan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qōllab-quvvatlaş mexanizmlari takomillaştiriladi;
🔹 “Kelajakka qadam” dasturi tijorat banklari ōrtasida kengaytiriladi;
🔹 oliy taʼlim dasturlariga biznes kōnikmalarini rivojlantirişga qaratilgan fanlar kiritiladi;
🔹 bitiruvçilar bandligini monitoring qiliş tartibi yangilanadi;
🔹 bitiruvçilar tomonidan amalga oşiriladigan startap va innovatsion loyihalar grant mablaḡlari orqali qōllab-quvvatlanadi.

Qarorga muvofiq, Tiklaniş va taraqqiyot jamḡarmasidan 100 million AQŞ dollari ekvivalenti miqdorida mablaḡ ajratilib, u vakolatli tijorat banklari ōrtasida taqsimlanadi. Uşbu mablaḡ bitiruvçilar amaliyotini moliyalaştiriş, startap va innovatsion loyihalarga grantlar beriş hamda tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratiş uçun yōnaltiriladi.

Bitiruvçilarni işga olgan tadbirkorlarga 7 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan, 5 milliard sōmgaça bōlgan kreditlar taqdim etiladi. Har bir milliard sōmlik kredit uçun tadbirkor kamida bitta bitiruvçini işga qabul qilişi şart etib belgilangan.

Şuningdek, talabalarning amaliyoti xarajatlarini moliyalaştiriş uçun oliy taʼlim muassasasi, iş beruvçi va talaba ōrtasida uç tomonlama şartnoma tuziladi. Zaruratga kōra, talabalar xorijdagi qisqa muddatli kurslarda iştirok etiş imkoniyatiga ham ega bōladi.

Qarorda “Kelajakka qadam” dasturida iştirok etuvçi sakkizta tijorat banki rōyxati va mablaḡ taqsimoti ham tasdiqlandi.