Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini daromadli mehnat bilan band qiliş, xususan, tomorqadan samarali foydalaniş orqali qōşimça daromad manbalarini yaratiş maqsadida hududlarda manzilli, aniq hisob-kitoblarga asoslangan namunali loyihalar amalga oşirilmoqda.
Şu yōnalişda Denov tumani Çuqurqişloq mahallasida aholining tomorqadan unumli foydalanişini taʼminlaş bōyiça aniq reja va iqtisodiy samador loyihalar işlab çiqilgan.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Uluḡbek Qosimov mazkur mahallada bōlib, tomorqadan samarali foydalaniş tajribasi hamda joriy etilgan namunali loyihalar bilan tanişdi. Masʼullar tomonidan usta dehqonlarni jalb etgan holda 5,5 sotix yer maydonida kartoşka, piyoz, poliz ekinlari va mevali daraxtlar yetiştiriş bōyiça işlab çiqilgan loyihalar taqdimot qilindi.
Qayd etilganidek, har bir yer maydoniga yōnaltirilayotgan xarajatlar aniq hisobga olingan holda, kutilayotgan daromad miqdorlari ilmiy va amaliy hisob-kitoblar asosida belgilab çiqilgan. Jumladan, 5,5 sotix yer maydonida kartoşka yetiştiriş orqali 8–8,5 million sōmgaça daromad oliş imkoniyati mavjudligi taʼkidlandi.
Viloyat rahbari uşbu loyihalarni manzilli tarzda joriy etiş, usta dehqonlarni biriktirgan holda oilalarni daromadli qişloq xōjaligi mahsulotlarini yetiştirişga ōrgatiş bōyiça masʼullarga aniq vazifalarni belgilab berdi.
Şuningdek, taşrif davomida dunyoga maşhur fizik olim, akademik Nazar Tōrayevning uy-muzeyi bilan ham tanişildi. Olimning ilmiy merosini keng tarḡib qiliş, uni yoşlar ōrtasida ommalaştiriş muhimligi alohida qayd etildi.
Bundan taşqari, mahalladagi bir oila misolida “Kambaḡallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi amaliy jihatdan ōrganilib, çora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.