DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIGA IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIM UCHUN QABUL 10-IYULDAN BOSHLANADI

26/06/2026

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021-yil 24-sentabrdagi 606-son  qarori bilan tasdiqlangan hamda so‘nggi qonunchilik talablariga muvofiq takomillashtirilgan Nizomga asosan oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

QABUL PARAMETRLARI VA IMTIHON TARTIBI

  1. DTPI da 2026-2027-yil uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul kvotalari

2. Muhim muddatlar taqvimi

3. Hujjat topshirish va ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari  (DXM),  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  (YAIDXP — my.gov.uz)  yoki Oliy ta’lim , fan  va innovatsiyalar vazirligining  max sus elektron platformasi  ( my.edu.uz )  orqali onlayn shaklda murojaat qiladilar va quyidagi ma’lumotlarni kiritadilar:

  • Pasport  (ID-carta)  va JSHSHIR ma’lumotlari;
  • Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasining  ( baholar varaqasi )  nusxasi;
  • Tanlangan oliy ta’lim muassasasi  (DTPI)  va tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi.

⚠️ Muhim eslatma: Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun  ( hujjat topshirish jarayonida )  abituriyentlardan hech qanday to‘lov undirilmaydi . Talabalikka tavsiya etilgan taqdirda ,  qabul komissiyasiga diplom va uning ilovasining asl nusxasi taqdim etilishi shart.

 Talabgorlar suhbat asosida talabalikka qabul qilinadi. Suhbat boʻlib oʻtadigan sanalar universitet veb-sayti va rasmiy sahifalari orqali qoʻshimcha eʼlon qilinadi!

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.  

  1. O‘qishni tashkil etish shartlari
  • O‘qish faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
  • Ikkinchi oliy ta’limda o‘quv jarayoni 2-kursdan boshlanadi.
  • O‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan standart muddatdan 1 yilga kam etib belgilanadi.
  1. Qo‘shimcha va muhim shartlar
  • Mazkur Nizom talablari oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
  • xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining  1992  yil  1  yanvardan keyin berilgan diplomlari qonunchilikda belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan  (tan  olishdan )  o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
  •  Agar  hujjatlar topshirish jarayonida soxtakorlik yoki qalbaki hujjatlar aniqlansa ,  abituriyent talabalikka qabul qilinmaydi  ( qabul qilingan bo‘lsa ,  talabalar safidan chetlashtiriladi )  va ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi.

📞 Aloqa va ma’lumotlar

Qabul kvotalari ,  yo‘nalishlar va imtihon ko‘rsatkichlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni institut qabul komissiyasidan yoki rasmiy axborot resurslaridan olishingiz mumkin.

  • Manzil: Surxondaryo viloyati ,  Denov tumani ,  Bog‘ ko‘chasi, 112-uy.
  • Rasmiy veb-sayt: dtpi.uz