Bugun, 2025-yil 24-sentabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Getwork xususiy bandlik agentligi vakillari bilan uçraşuv bōlib ōtdi.
24/09/2025
🤝 Uçraşuv davomida agentlik vakillari talabalar va bitiruvçilarga xorijda taʼlim oliş, işlaş hamda tajriba orttiriş imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berişdi.
🎓 Bitiruvçilar uçun – Yevropa mamlakatlarida rasmiy va doimiy iş ōrinlari, mutaxassislik bōyiça barqaror işga joylaşiş imkoniyatlari taqdim etildi.
👩🎓👨🎓 Talabalar uçun – 3 va 6 oylik Work and Travel dasturlari, mavsumiy iş, til ōrganiş va madaniy almaşinuv imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berildi.
📄 Tadbir yakunida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Getwork xususiy bandlik agentligi ōrtasida hamkorlik şartnomasi imzolandi. Uşbu kelişuv institutimiz talabalari va bitiruvçilari uçun xalqaro mehnat bozori va xorijiy dasturlarda iştirok etiş imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.