Bitta askar — bitta kasb

05/05/2026

⚡️ Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş va harbiy xizmatçilarni qōllab-quvvatlaş masalalariga baḡişlangan yiḡilişda tegişli takliflar bilan tanişdi. Unda yoşlarni harbiy xizmat jarayonida kasbga ōrgatiş va taʼlim bilan qamrab oliş masalalari muhokama qilindi.

✅ Endilikda  2026–2027-ōquv yilidan boşlab, harbiy xizmatçilar uçun harbiy xizmat davrida oliygohlarga ōqişga kirib, masofaviy taʼlim oliş imkoniyati yaratiladi. Şu asosda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti ōqituvçisi Asliddin Bolliyev tomonidan 36691-harbiy qismda “Bitta askar — bitta kasb” mavzusida seminar ōtkazildi. Seminar jarayonida Uzbmb (DTM) imtihonlariga tayyorgarlik kōriş bosqiçlari, test sinovlari tizimi, fanlarni tōḡri tanlaş, samarali ōqiş usullari va vaqtni boşqariş bōyiça muhim tavsiyalar berildi. Iştirokçilarga mustaqil tayyorgarlik olib boriş, onlayn resurslardan foydalaniş va test savollari bilan işlaş kōnikmalarini rivojlantiriş bōyiça amaliy yōriqnomalar ham taqdim etildi.

✅ Mazkur taşabbus yoşlarning harbiy xizmat davomida ham bilim oliş, kasb egallaş va kelajakda raqobatbardoş mutaxassis bōlib yetişişiga xizmat qiladi.