2026-yil 5-may kuni institut bitiruvchilari uchun asosiy maqsadi mamlakatimizda maktab ta’limi tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish, xususan, og‘ir ijtimoiy sharoitdagi hududlarda joylashgan umumta’lim maktablariga iqtidorli, bilimli va yetakchilik salohiyatiga ega yosh yetakchilar va mutaxassislarni o‘qituvchi sifatida jalb etishdan iborat bo‘lgan “Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda bitiruvchilarga quyidagi ma’lumotlar berildi:
• Tashkilotning asosiy maqsadlari va faoliyati; • Dasturda ishtirok etish imkoniyatlari; • Bitiruvchilar uchun mavjud vakant o‘rinlar va shartlar; • Pedagogik faoliyatga puxta tayyorgarlik va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.