Birinçi yozgi arxeologlar maktabi ōquv maşḡulotlari ōz nihoyasiga yetdi

19/08/2025

Joriy yilning 4–16-avgust kunlari Madaniy meros agentligi huzuridagi Yahyo Ḡulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida I Yozgi arxeologiya maktabining ōquv maşḡulotlari bōlib ōtdi. Dars maşḡulotlari Koreya Meros agentligi bilan hamkorlikda amalga oşirildi.

Dastur doirasida tinglovçilar zamonaviy arxeologik tadqiqotlar metodikasi va texnologiyalariga baḡişlangan amaliy maşḡulotlarda ham iştirok etişdi. Tinglovçilar arxeologik obyektlarda dron texnologiyalari, 3D skanerlar, taxeometrlar, yer osti radarlari (GPR) va yoruḡlik va masofani aniqlaş LIDAR texnologiyasi kabi ilḡor texnik vositalar bilan işlaş bōyiça amaliy maşḡulotlarda qatnaşgan holda ōz bilimlarini mustahkamlaşdi.