ANIQ VA TABIIY FANLAR: ILM-FAN VA INNOVATSIYA TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDEVORI!
25/08/2026
Mustaqillik-har bir yoshning oʻz ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarishi, bilim va tashabbuslari orqali Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga dadil qadam qoʻyishi uchun mustahkam poydevor yaratgan buyuk tarixiy sanadir.
🎉 Yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ham Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan ilmiy-amaliy tashabbuslar, maʻrifiy loyihalar qizgʻin davom etmoqda.
🔬 Fakultetimizning iqtidorli yoshlari Matematika, Amaliy matematika, Fizika, Kimyo, Kimyo muhandisligi, Biologiya, Oziq-ovqat texnologiyasi, Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, Qurilish muhandisligi hamda Yoʻl muhandisligi kabi zamonaviy yoʻnalishlarda nazariy bilimlarini amaliyotga joriy etib, hududimiz va yurtimiz taraqqiyotiga oʻzlarining munosib hissasini qoʻshmoqdalar. Har bir laboratoriya mashgʻuloti, har bir muhandislik va ilmiy izlanish-ertangi kunimiz uchun puxta poydevordir.
🇺🇿 Zero, bugungi bilimli, tashabbuskor va izlanuvchan yoshlar-yangi Oʻzbekistonning buyuk kelajagini bunyod etuvchi muhandislar, olimu tadqiqotchilardir. Ularning ilm-fana sodiqligi va fidoyiligi-Vatanimiz taraqqiyotining eng muhim kafolatidir!
35 yillik Istiqlol-ilmiy tafakkur va bunyodkorlik faxri, bugunimiz iftixori va kelajagimizga mustahkam ishonchdir!