Akademik Nazar Tōraevning uy-muzeyi oçildi

05/05/2025

🏢 Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining ōrinbosari I.Saparov va Denov tumani hokimi I.Abrorov hamda DTPI rektori O.Rōziyev, Ōzbekistonda xizmat kōrsatgan madaniyat xodimi T.Turdiyev, Nazar Tōrayevning şogirdlari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

🔹 Denov tumanidagi “Çuqurqişloq” mahallasida tuḡilgan, Ōzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, fizika sohasida yirik olim Nazar Tōraevning nomi dunyoning kōpçilik davlatlarida maʼlum va maşhurdir.
📌 U 60 yillik mehnat faoliyati davomida Yadro fizikasi instituti aspiranti, Elektronika instituti ilmiy kotibi, Toşkent politexnika instituti kafedra mudiri, Termiz davlat universiteti rektori, Fanlar akademiyasining “FANUM” ilmiy-ōquv markazi direktori kabi masʼul lavozimlarda faoliyat kōrsatgan.

🖋 Akademik Nazar Tōraevning uy-muzeyida iş va hayotiy faoliyatiga oid maʼlumotlar, turli eksponatlar joy olgan.