Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev ishtirokida Denov tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

28/03/2025

⚡️ Bugun Denov tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabida DTPI rektori O. Ruziyev tomonidan o‘tkazilgan uchrashuv nafaqat o‘quvchilarning oliy ta’limga kirish yo‘llari haqida xabardor bo‘lishlari, balki ularning kelajakdagi ta’lim, kasb-hunar va ijtimoiy hayotga bo‘lgan qarashlarini shakllantirishda muhim o‘rin egalladi.

📌 Rektor, shuningdek, o‘z nutqida o‘quvchilarga oliy ta’limga kirish, faqatgina bitta imtihonni muvaffaqiyatli topshirish emas. Bu o‘z maqsadlaringizga erishish uchun boshlang‘ich nuqtadir. Har bir talabaga, ta’lim jarayonida o‘zining intellektual, ijtimoiy va ruhiy salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan deya ta’kidladi.