Maktablar ōrtasida “Rektor kubogi” musobaqasi ōtkazildi

27/03/2025

Surxondaryo viloyatida nisbatan kōrsatkiçlari past bōlgan maktablarni oliy taʼlim muassasalariga biriktiriş orqali taʼlim sifatini oşiriş bōyiça tajriba yōlga qōyilgan. Xususan, bu boradagi tajriba Oltinsoy tumanidagi maktablarda keng joriy etilmoqda.

🏐Mazkur tajriba doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tomonidan Oltinsoy tumanidagi 43-sonli umumtaʼlim maktabi sport zalida Navrōz umumxalq bayrami munosabati bilan sportning voleybol turi bōyiça musobaqasi taşkil etildi.

Murosasiz, va qiziqarli bahslardan sōng, ḡoliblikni quyidagi maktab jamoalari qōlga kiritdi:
🥇1-ōrin – 43-maktab terma jamoasi;
🥈2-ōrin – 65-maktab jamoasi;
🥉3-ōrin – 54-maktab jamoasi.

🏆 Musobaqa ḡoliblariga kubok, diplom va esdalik sovḡalari tantanali topşirildi.