Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi bo’yicha 1- chi PhD dissertatsiya ishi himoyasi 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi
20/03/2025
💫Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining tayanch doktoranti Bobojonov Dilshod Jumaqul o’g’lining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha «Gazeta sarlavhalarining pragmatik va lingvomadaniy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)» mavzusidagi Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi 100 % ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.
♻️ Institut jamoasi Filologiya sohasi bo’yicha ilk qabul qilingan qaldirg’och tayanch doktorant Bobojonov Dilshod Jumaqul o’g’lini kelgusi ishlarida zafarlar ilmiy izlanishlarda omad tilab qolamiz.