Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab oliş darajasini oşiriş çora-tadbirlari tōḡrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy şeriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qiliş orqali barpo etiş belgilangan.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga xususiy taşabbuskor “SURXON-NURAFŞON” MÇJ tomonidan taşabbus taklifi, şu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (0,3 gektar) hududida 400 ōringa mōljallangan talabalar turar joyi binosini quriş va faoliyatini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy şerikni tanlaş Ōzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy şeriklik tōḡrisida”gi Qonuni hamda Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy şeriklik sohasini yanada takomillaştiriş hamda kompleks tizimlaştiriş çora-tadbirlari tōḡrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oşiriladi.
Tenderda qatnaşiş uçun tadbirkorlar tomonidan qiziqiş bildiriş uçun sōrov va tender takliflarini 2025-yil 3-may kuniga qadar Toşkent vaqti bilan 23:59 gaça topşirilişi kerak.
“Davlat-xususiy şeriklik tōḡrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqiş bildiriş uçun sōrov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat şerigi tomonidan loyihaning xususiy taşabbuskori va qiziqiş bildirgan uçinçi tomonlar iştirokida xususiy şerikni aniqlaş uçun tender ōtkaziladi.