🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Umumiy fizika va qurilish muhandisligi” kafedrasi tomonidan “O‘lkamizga xush kelding-Navro‘z” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tti.
❇️ Tadbirda kafedra talabalari ishtirok etib, milliy qadriyatlar va an’analarni namoyon qildilar.
🔵 Talabalar o‘z chiqishlarida Navro‘zning qadimiy tarixi, bahoriy yangilanish va do‘stlik ramzi ekanini aks ettirdilar.
🌸 Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona muhit ostida o‘tdi. Bu esa institut jamoasida unutilmas taassurot qoldirdi.