“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanloviga start berildi
11/03/2025
🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov har yili iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
🔰 Tanlovning birinchi bosqichida IQ test sinovidan Denov tumanidan ishtirok etayotgan 94, Sariosiyo tumanidan 50, Oltinsoy tumanidan 79, Uzun tumanidan 45 nafar ishtirokchilar orasida 110 ball va undan yuqori natija to‘plagan ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘llanma olishadi.