“G‘azal bo‘stoni” shiori ostida she’riyat kechasi tashkil etildi

17/02/2025

⚡️ Kuni kecha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetida “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “G‘azal bo‘stoni” shiori ostida she’riyat kechasi tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan ulug‘ mutafakkirlar Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

🖌 Professor-o‘qituvchilar va talabalarning noan’anaviy chiqishlari tadbirning yuqori saviyada o‘tishini ta’minladi. Ma’lumot uchun, she’riyat kechasi “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur-ikki buyuk siymolar” shiori ostida Filologiya fakultetida o‘tkazilayotgan haftalik doirasida tashkil etildi.