“YIL TALABASI – 2026” RESPUBLIKA TANLOVINING INSTITUT BOSQICHIGA MARHAMAT!

14/11/2026

🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Yil talabasi – 2026” respublika tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tadi!
👨‍🎓 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 3- va 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

❗️Muhim: Oldingi yillarda tanlovning respublika bosqichida 1-, 2- yoki 3-o‘rinni egallagan talabalar 3 yil davomida tanlovda qayta ishtirok eta olmaydi.

🏅 TANLOV NOMINATSIYALARI:
✅ Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
✅ Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
✅ Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✅ Yilning eng faol sportchi talabasi;
✅ Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
✅ Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✅ Yilning eng faol tadbirkor talabasi (faqat xotin-qizlar uchun).

📅 Tanlov o‘tkaziladigan vaqt va manzil:
🗓 Sana: 2026-yil 17-noyabr, seshanba
⏰ Vaqt: 09:00
🏛 Manzil: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Sh. Rashidov binosi (Denov tumani), 207-xona.

📚 TANLOV NIZOMI BILAN TANISHISH

📂 TANLOV UCHUN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:
Reyting daftarchasidan ko‘chirma;
Jamoatchilik va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faollikni tasdiqlovchi hujjatlar;
Turli tanlov va loyihalardagi ishtiroki hamda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ilmiy va ijodiy ishlar ro‘yxati hamda ularning nusxalari;
Tegishli fakultet dekanining tavsiyanomasi;
Institut bosqichi uchun o‘z faoliyati yuzasidan tayyorlangan taqdimot.

📌 FAKULTET MAS’ULLARI DIQQATIGA!
Tanlovning fakultet bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan talabalarning hujjatlar yig‘ma jildi to‘liq shakllantirilib, barcha ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar elektron PDF shaklida Telegram orqali @sattorov_6137 manziliga yuborilishi so‘raladi.

📞 Murojaat uchun:
☎️ +998 97 755 07 47
☎️ +998 99 721 92 92

🌟 Bilimingiz, iqtidoringiz va yutuqlaringizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🏆 “Yil talabasi – 2026” tanlovida barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!