MALAYZIYALIK OLIMLAR DENOV SHAHRIDAGI TARIXIY OBIDALAR BILAN TANISHDI

16/11/2026

🌍 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurgan Malayziyaning Universiti Utara Malaysia (UUM) universiteti olimlari Denov shahridagi tarixiy obidalardan biri — Sayyid Otaliq madrasasiga tashrif buyurishdi.

👩‍🏫 Tashrif davomida:
🔹 Prof. Dr. Hasniza binti Nordin — Associate Professor;
🔹 Dr. Nor Ain binti Mohamad Hadis — Senior Lecturer
madrasaning boy tarixi, betakror me’moriy uslubi va milliy tarixiy-madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar.

🏛️ Mazkur tashrif xorijlik mehmonlarda yurtimizning boy tarixi, qadimiy me’morchiligi va milliy qadriyatlarimiz haqida iliq taassurotlar qoldirdi.

🇺🇿 Tariximiz — faxrimiz, madaniy merosimiz — bebaho boyligimiz.