TALABALAR BILAN SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI

11/11/2026

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev hamda soha prorektorlari ishtirokida talabalar bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul tashkil etildi.

🤝 Qabul davomida talabalarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar hamda ta’lim jarayoni, talabalar turmush sharoiti va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga oid masalalar muhokama qilindi.

🎯 Sayyor qabulning asosiy maqsadi — talabalar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish hamda ta’lim muassasasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdan iborat bo’ldi.

DTPI — talaba manfaatlari va kelajagi yo‘lida!