BITIRUVCHILAR UCHUN WORK SHOP DAY: KELAJAK SARI ILK QADAM!

02/11/2026

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bitiruvchi talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatini rejalashtirish, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish hamda ularni mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat.

💬 Tadbir davomida bitiruvchilarga ishga joylashish imkoniyatlari, kasbiy rivojlanish, zamonaviy mehnat bozori talablari va pedagogik faoliyatda zarur bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, talabalarni o‘z ustida muntazam ishlashga, tashabbuskor va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishga undovchi tavsiyalar berildi.