“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga
28/10/2026
Poytaxtimizda Ta’lim va ilm- fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida tashkil etilgan “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi rasman ochildi.
Uch kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli ishlanmalar va yangi biznes g‘oyalar namoyish etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasida tajriba almashish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Quvonarli tarafi, ushbu nufuzli xalqaro forumda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Tadbirda institutımız rektori O.Ro‘ziyev rahbarlıgıda institutning professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari qatnashmoqda.