FILOLOGIYA FAKULTETIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
17/10/2026
📚 Ayni vaqtda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti tomonidan “Raqamli davrda til ta’limi va adabiyotshunoslik: innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tmoqda.
🌍 Mazkur konferensiya zamonaviy raqamli texnologiyalarning til ta’limi va adabiyotshunoslik sohalariga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
🎓 Konferensiya doirasida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim imkoniyatlari va xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr va tajribalar almashish ko‘zda tutilgan.