Bugun filologiya fakultetida faoliyat yuritayotgan o‘zbek, rus va ingliz tili kafedralari hamkorligida 21-oktabr-O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun hamda til bayrami munosabati bilan “Raqamli davrda til ta’limi va adabiyotshunoslik: innovatsion yondoshuvlar va xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘libo‘tdi.
Anjuman ikki qismdan iborat bo‘lib, uning yalpi majlisida institut rektori O.A.Ro‘ziyev, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, magistrlar va bakalvrlar ishtirok etdilar.
Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Afrika Respublikasi, Fillipin davlatlari va mamlakatimizning turli oliygohlaridan onlayn va oflayn ishtirok etgan olimlarning ma’ruzalari va tabrik so‘zlari yangradi.
Kunning ikkinchi qismida rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Rus tili va adabiyot: o‘qitish va madaniyatlararo muloqot” mavzusidagi shu’ba yig‘ilishini o‘tkazdilar.
Mazkur tadbirni rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri J.G‘.Choriyev boshqarib bordi. Yig‘ilganlar rus tilini o‘qitishdagi muammolar, yechimlar va takliflarni muhokama qilishdi hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalarni tingladilar.
Shu’ba ishida Qirg‘iziston Respublikasi B.Sodiqov nomli Qirg‘iz-o’zbek halqaro universiteti tarix va rus filologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent, f.f.k. Abdivalieva Gulmira Abdimajitovna va N.Dobrolyubov nomli Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti Rus tili instituti direktori,f.f.k., dotsenti Golubeva Kristina Grigorevnalar diskussiyalarda faol ishtirok etdilar.
Munozaralar yakunida ishtirokchilar raqamli davrda rus tilini o‘qitishning dolzarb masalalari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilishdi. Shu’ba ishlari barcha ishtirokchilar uchun manfaatli bo‘ldi.