Shoir uchun uning ijod namunalarini Xalqaro miqyosdagi bosma nashrlarda yoritilishidan ortiq baxt yoʼqdir ! Bunday ulkan sharaf barcha ijodkorlarga nasib etsin!
Mana shunday hamyurtlarimizdan biri Xalqaro adabiyot, saʼnat, madaniyat va ijtimoiy fanlar Аkademiyasi, Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi aʼzosi, shoir va Xalqaro jurnalist Toʼramurod Rahmondir.
Turkiya davlatining nufuzli ,,KARDES HALKLARIN DOSTLUGU” Xalqaro almanaxida shoirning ijodidan namunalar yoritildi.
Ijodkor qalamiga mansub sheʼrlari turk tilida nashr etilib, sheʼriyat muxlislariga taqdim etildi. Bu xayrli ishlarni tashkil etishda jonbozlik koʼrsatgan “Renessans” ilmiy Matbuot markazining rahbari Elyor Qurbonov va Turkiyalik shoir va yozuvchi Аrslan Bayirning xizmatlari katta boʼldi.
Biz ham mana shunday ulkan muvaffaqiyatlari bilan Toʼramurod Rahmonni samimiy muborakbod etib,chin dildan qutlaymiz.