Scopus-2026 maqolalari

06/10/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Primkulov Begali Sheraliyevich, umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya kafedrasi o’qituvchilari Buriyev Sayfutdin Amirqul o’g’li va Mamatov Sherzod Shuxrat o’g’lilarning “Chemical Composition, Physicochemical Properties, and Morphological Characterization of Granules of Ammonium Nitrate
Modified by Serpentinite Additive” nomli ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan nufuzli ACS OMEGA (Q1) jurnalida muvaffaqiyatli chop etildi.

Mazkur ilmiy natija institutda ilmiy-tadqiqot salohiyati yuksalib borayotgani va professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilm-fan maydonidagi nufuzi ortayotganidan dalolat beradi.

Institut jamoasi nomidan Begali Sheraliyevich, Sayfutdin Amirqul o’g’li va Sherzod Shuxrat o’g’lini ushbu muhim ilmiy natija bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusidagi ijodiy izlanishlarida yangidan-yangi marralarni zabt etishini tilab qolamiz!