Jarayon

28/09/2026
Institutning oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan tayanch doktorantlarning 2026-yil III chorak yakunlari bo‘yicha shaxsiy ish rejalarida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan monitoring va tahlil jarayonlari bo’lib o’tmoqda.


Monitoringning asosiy maqsadi — tayanch doktorantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, dissertatsiya ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash va o‘z vaqtida himoya qilishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Shuningdek, monitoring jarayonida doktorantlarga ilmiy-tadqiqot olib borishda akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, ilmiy natijalarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim etish, nufuzli xalqaro Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, shuningdek, shaxsiy ish rejalarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur monitoring natijalari asosida tayanch doktorantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi tahlil qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda dissertatsiya ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralar belgilanmoqda.