Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida 1 – oktyabr O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab, sportning shaxmat turi bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqa Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli musobaqalar bilan uyg‘un tarzda tashkil etilib, shaxmat sportiga bo‘lgan e’tibor va qiziqishni yanada oshirishga qaratildi.
Musobaqada fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining shaxmat bo‘yicha bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, sportdagi faolliklarini namoyon etdilar. Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.