Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori, Abdimuminovich Oybek Ruziyevning ” Effectiveness of the READI Model in Foundational Reading Literacy Across Diverse Primary Education Contexts” nomli ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan nufuzli International Journal of Learning, Teaching and Educational Research (Q2) jurnalida muvaffaqiyatli chop etildi.

22/09/2026

Mazkur ilmiy natija institutda ilmiy-tadqiqot salohiyati yuksalib borayotgani va professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilm-fan maydonidagi nufuzi ortayotganidan dalolat beradi.

Institut jamoasi nomidan Oybek Abdimuminovichni ushbu muhim ilmiy natija bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusidagi ijodiy izlanishlarida yangidan-yangi marralarni zabt etishini tilab qolamiz!