DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XALQARO AKADEMIK HAMKORLIK KENGAYMOQDA

21/09/2026
2026-yil 21-sentabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Tojikiston Respublikasining Raşt tumanidagi Pedagogika instituti delegatsiyasi taşrif buyurdi.


Taşrif doirasida hamkor oliy taʼlim muassasasining 6 nafar talabasi bir semestrlik akademik mobillik dasturi asosida institutimizda tahsil oliş uçun qabul qilindi. Talabalarga Raşt pedagogika institutining ikki nafar vakili — Sotsiologiya kafedrasi mudiri Fakerov Faraxruz Loikoviç hamda Xususiy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Muqimi Safarbek Davlatbek hamrohlik qildi.

Delegatsiya institut rektori Oybek Abdimuminoviç Ruziyev boşçiligidagi rahbariyat tomonidan qabul qilindi. Uçraşuv davomida ikki oliy taʼlim muassasasi ōrtasidagi mavjud hamkorlikni yanada rivojlantiriş, talabalar va professor-ōqituvçilar akademik mobilligini kengaytiriş, ōzaro tajriba almaşiş, qōşma ilmiy tadqiqotlar, konferensiya va seminarlarni taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Raşt tumanidagi Pedagogika instituti 2013-yildan mustaqil oliy taʼlim muassasasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda hamda Raşt vodiysida pedagog kadrlar tayyorlaşga ixtisoslaşgan muhim taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Mazkur taşrif ikki oliy taʼlim muassasasi ōrtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitiş, akademik almaşinuvni rivojlantiriş hamda Ōzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari ōrtasidagi ilmiy-maʼrifiy aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.