Denovda “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi

21/09/2026
Denov tumanida talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun 2026-yil 21-sentabr sanasida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.



Bugun Denov tumanida talaba yoshlar hamda harbiy xizmatchilar oʻrtasida 3 kilometr masofaga moʻljallangan “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” nomli navbatdagi ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi. Unda 1000 nafardan ortiq ko‘ngilli yuguruvchilar 3 000 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Tadbir doirasida marafonga “Namozgoh” mahallasi hududidan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutigacha bo‘lgan masofada sportsevar yoshlar, harbiylar marra sari saf tortib, oʻzaro birinchilik uchun imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishdi.