XALQARO HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

18/09/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi ōqituvçisi Ōrozov Faxriddin Toşkent şahrida bōlib ōtgan inklyuziv taʼlim yōnalişidagi xalqaro konferensiyada iştirok etdi.

🤝 Konferensiya doirasida Indoneziyaning Universitas Yudharta Pasuruan universiteti bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida memorandum imzolandi.

📚 Mazkur memorandum doirasida taʼlim va ilmiy-tadqiqot yōnalişlarida hamkorlikni rivojlantiriş, tajriba almaşiş, professor-ōqituvçilar va talabalar uçun xalqaro imkoniyatlarni kengaytiriş kabi yōnalişlarda hamkorlik qiliş kōzda tutiladi.

🌍 Uşbu xalqaro hamkorlik DTPI professor-ōqituvçilari va talabalarining xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tajriba almaşişi hamda taʼlim sohasidagi ilḡor tajribalarni ōrganiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.