Ilmiy izlanishlar — yangi ilmiy natijalar sari muhim qadam

18/09/2026

Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Kafedralararo ilmiy seminarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda institut mustaqil izlanuvchisi Payziyev Xamid Orziqulovichning 08.00.07 — “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda soliq qarzdorligini bartaraf etish tartibini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Seminar davomida dissertatsiya ishining mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi, tadqiqot natijalari va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Seminarda DTPI rektori O.A.Ruziyev ham ishtirok etib, o‘z fikr-takliflari bildirdi. Shuningdek, taqrizchilar dissertatsiya ishi yuzasidan o‘z xulosa, fikr va takliflarini bildirdilar.

Ilmiy seminar ishtirokchilari va tadqiqotchilar dissertatsiya ishining avtoreferati bilan tanishib, tadqiqot yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.

Ilmiy muhokamalar — ilmiy izlanishlar sifatini oshirish va yangi ilmiy natijalarga erishishning muhim omilidir.