REKTOR TALABALAR BILAN UCHRASHDI

17/09/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev Pedagogika fakultetida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida fakultet hududida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud sharoitlar hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Open Budget” loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan isitish tizimini yangilash loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirilib, tizimning holati va foydalanishga tayyorgarligi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur ishlar fakultetda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yanada qulay, zamonaviy va munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.