BITIRUVCHI TALABALAR BANDLIGINI TA’MINLASHGA ALOHIDA E’TIBOR.

14/09/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boshchiligida, institut Karyera markazi tomonidan fakultetlar va Magistratura bo‘limi bilan hamkorlikda bitiruvchi kurs talabalarining bandlik holati o‘rganilib, ishsiz hamda bandligi xavf ostida bo‘lgan talabalar yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishdan ko’zlangan maqsad bitiruvchi talabalar bandligini doimiy monitoring qilish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida talabalarni xabardor qilish va ishga joylashish jarayonida amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.