Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizomga asosan Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha loyihalar tanlovi o’tkaziladi.
1. Raqamli texnologiya va sun’iy intellekt 2. Moliyaviy texnologiyalar 3. Qishloq xo’jaligi texnologiyalari 4. Kiberxavfsizlik 5. Sog’liqni saqlash 6. Farmatsevtika 7. Mudofaa va xavfsizlik 8. Energiya tejamkorligi 9. Suv xo’jaligi texnologiyalari 10. Ta’lim va ilm-fan
⭐️ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi:
➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha; ➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha; ➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha.
📅 Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 10-sentyabrdan 10-oktyabrgacha
🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi.
💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi:
▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m; ▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m; ▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m.
✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:
▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m; ▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m; ▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.
📩 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlardan hujjatlarni topshirish uchun @Ashiruvich Telegram manzillariga murojaat qilishlari so‘raladi.