TDTU Termiz filialida “Oilaviy nizolarni mediatsiya yōli bilan hal etiş” mavzusida seminar bōlib ōtdi. Unda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari ham faol iştirok etişdi.
Seminarda oilaviy nizolarning kelib çiqiş sabablari, ularni bartaraf etişning zamonaviy va samarali usullari, nizoli vaziyatlarda tomonlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida mediatsiya — nizolaşayotgan tomonlarning ōzaro maqbul yeçimga kelişiga kōmaklaşuvçi muhim huquqiy mexanizm ekani taʼkidlandi.
Seminar iştirokçilari mavzu yuzasidan ōzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegişli huquqiy va amaliy tavsiyalar oldilar.
Bunday tarḡibot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, nizolarni zōravonlik va keskin qarama-qarşiliklarsiz, tinç muzokara hamda kelişuv asosida hal etiş madaniyatini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.