Qo‘shma ta’lim dasturiga asosan

29/08/2026
Rus tili va adabiyoti kafedrasi tasarrufida faoliyat yuritayotgan Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlikda tuzilgan rus tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlash ikki diplom loyihasi asosida tuzilgan 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi talabalari bilan institut rektori O.Ro‘ziyev uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.



Uchrashuvda Rus tili va adabiyoti kafedrasi jamoasi erishayotgan yutuqlar e’tirof etildi. Jumladan, kafedrada nufuzli oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarining ochilishi maqtovga sazovordir.

Ushbu dasturning 10 nafar 2-bosqich talabalari OTMlararo shartnomaga asosan o‘qishning ikkinchi yilini Novosibirsk shahriga borib davom ettirishi lozim.